uzdevid/yii2-fcm

Yii2 frameworki uchun Firebase Cloud Messaging orqali push xabar yuborish va veb saytda qabul qilish uchun kengaytma.

Installs: 148

Dependents: 1

Suggesters: 0

Security: 0

Stars: 4

Watchers: 0

Forks: 0

Open Issues: 0

Type:yii2-extension

1.2.0 2023-05-11 12:47 UTC

This package is auto-updated.

Last update: 2024-05-11 14:54:13 UTC


README

Yii2 frameworki uchun Firebase Cloud Messaging orqali push xabar yuborish va veb saytda qabul qilish uchun kengaytma.

Eslatma: Ushbu kengaytma, Cloud Messaging API (Legacy) dan foydalanadi.

Avvalam bor firebase saytidan ro'yhatdan o'tishingiz va loyiha yaratishingiz lozim. So'ng, yangi loyihangizning sozlamalaridan "Cloud Messaging" bo'limiga kirib, Cloud Messaging API (Legacy) ni faollashtirish kerak bo'ladi.

Faollashtirganingizdan so'ng Server key beriladi. Ushbu Keyni keyinroq config/web.php fayliga yozish kerak bo'ladi.

O'rnatish

composer require uzdevid/yii2-fcm

yoki

php composer.phar require uzdevid/yii2-fcm

yoki composer.json fayliga ushbu qatorni qo'shing

"uzdevid/yii2-fcm": "*"

Sozlash

config/web.php

return [
    // ...
    'components' => [
        // ...
        'notifier' => [
            'class' => 'uzdevid\fcm\Notifier',
            'serverKey' => '{serverKey}', // Cloud Messaging API (Legacy) ni faollashtirganingizdan so'ng, "Server key" beriladi.
        ],
        // ...
    ],
    // ...
]

Push habar yuborish

$token = "frYfozsx0K7e..."; // Push habar qabul qiluvchi qurilmaning tokeni
$notification = [
    'title' => 'Salom, dunyo!',
    'body' => 'Bu birinchi push habarim',
    'data' => [
        // qo'shimcha ma'lumotlar
    ]
];

$params = [
    // qo'shimcha parametrlar (majburiy emas)
];

Yii::app()->notifier->notify($token, $notification, $params);

Eslatma: Push habar qabul qiluvchi qurilmaning tokenini mijoz (veb, mobil, ...) ilovalari serverga yuborishi kerak bo'ladi.

Eslatma: Yuqorida foydalanilgan notify() metodida xatolik yuz bersa Exception va BadRequestHttpException istisnolarini larni qaytarishi mumkin.

Shular bilan server tomonidan qilinadigan ishlar tugadi.

Veb saytda push habar qabul qilish

Eslatma: Push habarlarni qabul qilish va uni ustida qandaydir amal bajarish faqat mijoz tarafida amalga oshiriladi. Hozirgi holatda mijoz bu veb sayt.

Eslatma: Push habarlar foydalanuvchiga ko'rsatilishi uchun Operatsion tizim (Windows, Android, ...) brauzerga ruxsat bergan bo'lishi va brauzer ham veb saytga ruxsat bergan bo'lishi hamda veb sayt https holatida ishlashi shart.

Firebase loyihangizning bosh sahifasida veb ilova yaratishingiz lozim. Ilova yaratilganidan so'ng, Sizga mijoz tarafni sozlash uchun kerakli ma'lumotlar beriladi.

1. Sozlash

Yuqorida berilgan ma'lumotlarni config/params.php fayliga yozishingiz kerak.

return [
    // ...
    'fcm' => [
        'apiKey' => '{apiKey}',
        'authDomain' => '{authDomain}',
        'databaseURL' => '{databaseURL}',
        'projectId' => '{projectId}',
        'storageBucket' => '{storageBucket}',
        'messagingSenderId' => '{messagingSenderId}',
        'appId' => '{appId}',
        'measurementId' => '{measurementId}',
        'vapidKey' => '{vapidKey}',
    ],
    // ...
];

yoki <head> tegi ichiga quyidagi konstantani yozishingiz kerak.

const firebaseConfig = {
    apiKey: "{apiKey}",
    authDomain: "{authDomain}",
    databaseURL: "{databaseURL}",
    projectId: "{projectId}",
    storageBucket: "{storageBucket}",
    messagingSenderId: "{messagingSenderId}",
    appId: "{appId}",
    measurementId: "{measurementId}",
    vapidKey: "{vapidKey}"
};

Eslatma: vapidKey parametrini olish uchun Web Push Certificate yaratishingiz kerak bo'ladi. Web Push Certificates (Project settings/Cloud Messaging/Web configuration) bo'limida yaratib olishingiz mumkin.

2. Fayllarni ulash

layouts/main.php - faylingizga (yoki boshqa umumiy layout fayliga) ushbu qatorni qo'shing. Ushbu qator sahifaga kerakli bo'lgan js fayllarini ulaydi.

\uzdevid\fcm\FcmAsset::register($this);

3. Qurilma tokenini qabul qilish va serverga yuborish

<head> tegi ichiga quyidagi javascript funksiyani yarating va serverga yuborish uchun kodni yozing. Ushbu funksiya qurilma tokeni qabul qilinganda kengaytma tomonidan ishga tushuriladi

function saveToken(token) {
    // serverga yuborish uchun kodni yozing
}

4. Push habarni sahifada qabul qilish

<head> tegi ichiga quyidagi javascript kodni yozing. Ushbu funksiya yangi push habar kelganida kengaytma tomonidan ishga tushuriladi. payload - serverdan yuborilgan ma'lumotlar

function onNotify(payload) {
    // habarni foydalanuvchiga ko'rsatish, yoki boshqa amallarni bajarish uchun kodni yozing
}

onNotify() funksiyasi foydalanuvchi veb sahifada faol bo'lgan vaqti kelgan push habarni ko'rsatish uchun kerak bo'ladi.

5. Brauzer faol bo'lmagan vaqti push habarlarni qabul qilish

web papkasi ichiga firebase-messaging-sw.js faylini yarating va quyidagi kodni yozing.

web/firebase-messaging-sw.js

importScripts("https://www.gstatic.com/firebasejs/9.1.3/firebase-app-compat.js");
importScripts("https://www.gstatic.com/firebasejs/9.1.3/firebase-messaging-compat.js");

firebase.initializeApp({
    apiKey: "{apiKey}",
    authDomain: "{authDomain}",
    projectId: "{projectId}",
    storageBucket: "{storageBucket}",
    messagingSenderId: "{messagingSenderId}",
    appId: "{appId}",
    measurementId: "{measurementId}",
    vapidKey: "{vapidKey}"
});

const messaging = firebase.messaging();

Ushbu kod faylni brauzeringiz Service worker sifatida faollashtiradi. Tekshirib ko'rishingiz uchun ctrl+shift+i tugmalarini bosing va Application/Service workers bo'limiga o'ting.

6. Tekshirish

Barchasini sozlab bo'lganingizdan so'ng, server yoki curl, postman yoki boshqa yo'llar orqali push habar yuborib tekshirib ko'rishingiz mumkin.

curl --location 'https://fcm.googleapis.com/fcm/send' \
--header 'Authorization: key={serverKey}' \
--header 'Content-Type: application/json' \
--data '{
    "to": "{token}",
    "notification": {
        "title": "test",
        "body": "test",
        "data": {}
    }
}'